LG kompaniyasi IFA 2018 ko‘rgazmasida «Yaxshi hayot uchun sun'iy intellekt» mahsulotlarini namoyish qildi
Turli xil mahsulotlar sun'iy intellekt bilan uyg‘unlashtirilgan innovatsion texnologiyalar salohiyatini namoyish etadi
2018 yil 30 avgust, Berlin. —IFA 2018 ko‘rgazmasida LG Electronics (LG) kompaniyasining LG ThinQ brendi ham bor. Kompaniya Berlindagi yirik ko‘rgazmada uning innovatsiyasi va namoyishiga 31 avgustdan 5 sentabrgacha bo‘lgan vaqtni ajratadi. LG kompaniyasining urg‘u berishicha, LG ThinQ’ning ilg‘or yechimlari butun dunyo foydalanuvchilarining texnologiyalarga asoslangan turmush tarzini keskin o‘zgartirish uchun yaratilgan.
Kompaniyaning IFA ko‘rgazmasida egallagan hududining 1/3 qismi LG ThinQ brendi ostida ishlab chiqilgan mahsulotlardan iborat sun'iy intellekt mavzusiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Mahsulotlar uchta: ThinQ Travel, ThinQ Gourmet va ThinQ Style jonli uslub burchaklarida namoyish etiladi. Har bir hudud zamonaviy iste'molchi hayot tarzining turli jihatlarini ko‘rsatish hamda sun'iy intellekt mahsulotlarini tabiiy buyumlar, shu bilan birga uyning futuristik holatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish maqsadida malakali mutaxassislar tomonidan loyihalashtirilgan. Burchaklar LG ThinQ hayotning har bir jabhasi: uslub, oshxona, qulay istiqomat, mobillik va ko‘ngil ochish borasida ustunliklar beradi.
ThinQ Travel hududida (AI) sun'iy intellekti negizida ishlaydigan LG televizori yordamida dam olish uchun eng maqbul sayohat yo‘nalishini qanchalik oson qidirish, so‘ngra LG G7ThinQ smartfonidan foydalanilgan holda chipta va mehmonxonani buyurtma qilish imkoniyatlari bilan tanishish mumkin. Google Assistant funksiyasi tez orada webOS platformasida ishlaydigan barcha LG AI televizorlarida paydo bo‘ladi. Bu mahsulotlar 7ta yangi bozor: Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Ispaniya va Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya)da paydo bo‘ladi. AQShda muvaffaqiyatli ishga tushirilgan mazkur platforma LG kompaniyasining ovozli boshqaruv imkoniyatlarini kengaytirish global strategiyasiga muvofiq 5ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi.
Google Assistant funksiyali LG AI televizorlari iste'molchiga har kunlik vazifalarni ustalik bilan boshqarish, muhim savollarga javob berish va aqlli uyning muvofiq keluvchi boshqa uskunalarini boshqarish imkonini beradi. IFA ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar Internet buyumlari mehmonxonasiga o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Italiyaning hashamatli mebellar ishlab chiqaruvchi Natuzzi firmasi bilan hamkorlikda yaratilgan va Milan dizayn haftaligida taqdim etilgan jimjimador mehmonxona bilan ham tanishadilar. Bu mehmonxona hududi ThinQ sun'iy intellektli LG X-BOOM audiotizimini boshqarish imkoniyatlarini namoyon etadi. U yerda tizimga ulangan o‘rindiqlar sozlamalarini va yorug‘liq installyatsiyalarini qanday o‘zgartirish imkoni bilan tanishish mumkin.
InstaViewThinQ aqlli muzlatgichi oshxonalar mavzusiga ega bo‘lgan ThinQ Gourmet hududining asosiy jihozidir. Tashrif buyuruvchilar bu yerda birinchilardan bo‘lib, muzlatgichning retseptlarni tanlash va o‘ziga ulangan pechka hamda boshqa oshxona uskunalarini zudlik bilan sozlash borasidagi ilg‘or imkoniyatlariga guvoh bo‘lishlari mumkin.
ThinQ Style hududida ovoz bilan boshqariladigan LG mahsulotlarining keng turi namoyish etilmoqda. Yangi LG StylerThinQ bug‘ shkafi ham shular jumlasidan. Eng yangi Styler bug‘ shkafidan foydalanishni qulaylashtirish uchun ishlab chiqilgan qator yangi funksiyalarga ega. U liboslaringizni bir vaqtning o‘zida ham toza va stilini o‘zgarishsiz saqlaydi – bularning bari ovozli buyruqlar vositasida bajariladi. LG kompaniyasining 3 hududda joylashtirgan novatorlik mahsulotlari o‘zining yetakchi texnologiyalari, dizayni va innovatsiyalari tufayli Yevropa tasvir va ovoz assotsiatsiyasi (EISA) tomonidan e'tirof etildi.
LG ThinQ’ning layfstayl hududlari orasida LG ThinQ, LG OLED va LG SUPER UHD televizorlari qatorida LG Centum tizimida ham joriy etilgan va innovatsion texnologiyalarga urg‘u beruvchi Core Tech qo‘llanilgan. Bu yerda 88 dyuymli, 7,680 x 4,320 pikselli 8K OLED televizorini ko‘rish mumkin. U qora rang va boshqa go‘yoki tirik ranglarning eng chuqur jilolarini ekranda aks ettira oladi. Bu hududda ilk marotaba namoyi etilayotgan boshqa muhim texnologiyalar sirasiga inqilobiy, mikroskopik kattalikdagi suyuq kristallardan tashkil topgan 173 dyuymli Micro LED displey ham kiradi. Ularning har biri alohida piksel deganidir. Ekran uy kinoteatrining ajoyib holatiga uyg‘un joylashadi va iste'molchining istagidan kelib chiqqan holda o‘z o‘lchamini o‘zgartirishga doir qobiliyatini namoyish etadi.
IFA ko‘rgazmasida, shuningdek LG CLOi robotlari ham namoyish etiladi. U robotlardan tashiluvchi robotlarga xizmat qiluvchi hisoblanadi. Ilg‘or robotlar to‘plami LG kompaniyasining uy tashqarisida va ichkarisida sun'iy intellekt sohasidagi qarashlarini aks ettiradi. LG CLOi SuitBot tashiluvchi roboti bu hududda ilk marotaba dunyoga namoyish etiladi. Ishlab chiqarish va konstruksiyalash kabi sohalarda qo‘llash uchun juda ham mos keluvchi LG CLOi SuitBot turmush sifatini yaxshilab, egasining mobillik imkoniyatlarini kengaytiradi.
IFA ko‘rgazmasidagi LG maydoniga tashrif buyurganlarni LG ThinQ brendiga urg‘u berishga qo‘shimcha sifatida LG OLED Canyon installyatsiyasining ajoyib ruhiyati qarshi oladi. U Yer sharining yorqin joylariga sayohat joylariga borganlik hissini uyg‘otadi. 5ta eng chiroyli tabiat manzaralari – Kolumbiya muz maydoni, Iguasu sharsharalari, Antilopa Kanoni, Redpud milliy parki va Xaleakala vulqoni – 258ta egri va qabariq tijoriy korpussiz LG OLED panellarida ikir-chikirigacha aks ettiriladi.
IFA ko‘rgazmasida namoyish etiladigan LG SIGNATURE safining yangi mahsulotlari, jumladan quyi muzlatgich kamerali sovutgich va LG SIGNATURE quritgichi jahon bozorida yuqori toifa xo‘jalik texnikalari salohiyatini namoyish etadi. Ushbu mahsulotlarning hashamatli dizayniga muvofiq bo‘lish uchun IFA ko‘rgazmasida qatnashayotgan LG Londonning Jason Bruges Studio dizayn studiyasi art jamoasi bilan One Fine Day mavzusidagi LG SIGNATURE dabdabali galereyasini tashkil etishda hamkorlik qilmoqda.
Yevropa tirkama oshxona texnikasidan andoza olgan LG IFA ko‘rgazmasida SIGNATURE KITCHEN SUITE qimmatbaho oshxona qurilmalari tasnifidagi uskunalarini namoyish etadi. Alohida ko‘rgazma maydoni SIGNATURE KITCHEN SUITE texnikalariga bag‘ishlangan bo‘lib, mashhur Messe Berlin ochiq bog‘ining markazida joylashadi. Yevropaning hashamatli mebellar dizaynerlari Valcucine va Arc linea mutaxassislari bilan birgalikda Yevropa uchun ishlab chiqilgan SIGNATURE KITCHEN SUITE brendi innovatsion faoliyat va mohir ustalar an'analariga asoslangan mahsulotlarni yetkazib beradi.
IFA 2018 LG Electronics bosh ijrochi direktori, prezidenti Jo Seong-jin va bosh texnik direktori doktor I.P.Parkning prognoz ma'ruzasi bilan ochiladi. Ularning ochilish marosimidagi qo‘shma ma'ruzasi – sun'iy intellektning yangi davri strategik yo‘nalishi tafsilotlarini yoritish – IFA ko‘rgazmasida LG rahbarlari shu qadar muhim rolni bajarish borasidagi mas'uliyatni zimmalariga olgan ilk tarixiy hodisa bo‘ladi. «Aql bilan o‘ylab, erkin bo‘lish: sun'iy intellekt bilan erkinroq yashash» ma'ruzasi 31 avgust kuni Messe Berlin bog‘ining 26b xolida bo‘lib o‘tdi. Janob Jo LG kompaniyasining sun'iy intellekt sohasidagi strategiyasi LG ThinQ platformasining faylasufona «Ochiq platforma, ochiq hamkorlik va ochiq ulanish» yondashuvi asosida foydalanuvchilar turmushini o‘zgartirishni izohlaydi. Xuddi shuningdek Doktor Park ham bu texnologiya kundalik mahsulotlarda qanchalik aks etayotgani, LG’ning sun'iy intellekt sohasidagi ochiq strategiyasi katta nazorat va qulaylikka e'tibor berilgani nuqtai nazaridan foydalanuvchilarga qanchalik foydali ekaniga e'tibor qaratdi.
IFA’dagi LG ko‘rgazmasi Messe Berlin bog‘ining 18-xolida joylashgan bo‘lib, kompaniyaning Yaxshi hayot uchun innovatsiyalarni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalarining keng assortimentini taqdim etadi.
Mavzuga oid
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
23:49 / 11.11.2022
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish etdi
16:56 / 24.08.2022
LG NanoCell bilan xonaning istalgan nuqtasidan tasvir sifati va yorqinligi
09:00 / 19.08.2022