Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Donbassdagi ekotizim «o‘layotgani» haqida ma'lum qildi
Foto: 112.ua
Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Arsen Avakov mintaqadagi ekotizimda keng ko‘lamda buzilish jarayonlari kuzatilayotgani tufayli Donbassda xalqaro operatsiyalar o‘tkazilishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Avakovning so‘zlariga ko‘ra, Donbassdagi ekologik muammolar nafaqat Ukrainaga, balki butun Yevropaga tahdid solmoqda. Ukraina IIV rahbarining bildirishicha, bunday xulosalar «ochiq manbalardan» olingan ma'lumotlar asosida tuzilgan.
«Konlarning suvga to‘lishi, tuproq qatlamining pasayishi, «o‘lik» suvning chiqishi va uning aholini suv bilan ta'minlash tizimi hamda suv havzalariga tushishi, kimyoviy va radioaktiv ifloslanish, texnogen avariyalar tahdidi - bu nafaqat ikki oblastning vaqtinchalik bosib olingan tumanlari va butun Ukraina uchun tahdid», - deya ma'lum qildi Avakov.
Avakovning fikricha, ushbu omillar «butun qit'aning ekotizimi uchun» xavf tug‘diradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Poroshenkoga tahdid qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
13:31
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
11:33
The Atlantic: Ukraina, ehtimol, Donbassni Rossiyaga berishga tayyor
09:33
Ukraina NATO diqqat markazida: 35 mlrd yordam va havo hujumidan mudofaa inqirozi
15:52 / 12.02.2026