Jahon | 17:42 / 31.08.2018
41253
1 daqiqa o‘qiladi

«Yanchib tashlayman». Putin Poroshenkoga tahdid qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Foto: DPA

Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga tahdid qilgani haqidagi ma'lumotlarni rad etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu ma'lumotlar Fransiya sobiq prezidenti Fransua Ollandning xotira kitoblarida keltirilgandi. U yerda bildirilishicha, Putin Poroshenkoni Ukraina armiyasini «yanchib tashlashi» haqida ogohlantirgan.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putinda ruslarni kamsitish holatlari bo‘yicha «juda qat'iy pozitsiya» mavjud. Uning qayd etishicha, deyarli barcha muzokaralarda qatnashgan, ammo prezidentdan bunday so‘zlarni eshitmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko «Moskvaning qisqichlari» haqida gapirib bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid