Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. "Yuventus" "Parma"ni mag‘lub etdi. Ronaldu yana gol ura olmadi
Italiya chempionatining 3-turida "Yuventus" "Parma" maydoniga safar qilib, kichik farq bilan g‘alaba qozondi. "Ennio Tardini" stadionida kechgan o‘yin 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Uchrashuvning 2-daqiqasida Manjukich hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqada Jyervino oradagi farqni yo‘qqa chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gol 2-bo‘limning 13-daqiqasida Matyuidi tomonidan kiritildi.
Parma – Yuventus 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 2 Manjukich, 1:1 – 33 Jyervino, 1:2 – 58 Matyuidi.
Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Galolo, Gobbi, Rigoni (Deyola, 60), Shtulats, Barilla, Jyervino (da Krus, 61), Ingleze, Di Gaudio (Cheravolo, 80).
Yuventus – Shchensni, Kuadrado, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Xedira (Dibala, 80), Pyanich (Djan, 73), Matyuidi, Bernardeski (Duglas Kosta, 55), Manjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Pyanich (13), Bernardeski (40), Rigoni (45), Kuadrado (90).
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024