Jahon | 21:16 / 02.09.2018
5830
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda Moldova kompaniyasi vertolyoti halokatga uchradi 

Foto: AFP 2018 / Nasir Waqif

Afg‘onistonda Moldova kompaniyasi vertolyoti halokatga uchradi. Buning oqibatida vertolyot ekipajining 2 a'zosi va 10 yo‘lovchi halok bo‘lgan. Ikki kishi omon qolgan, deb xabar bermoqda Moldova fuqarolik aviatsiyasi organi.

Ta'kidlanishicha, Valan International Cargo Charter kompaniyasining MI-8 MTV vertolyoti 2 sentabrda Mozori-Sharifdagi harbiy bazadan ko‘tarilgandan biroz o‘tib yerga qulagan. Vertolyot ekipaji 3 ukrainalikdan iborat bo‘lgan. Vertolyotdagi yo‘lovchilar Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan.  

Ma'lum qilinishicha, voqea sabablari va tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov boshlagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid