O‘zbekiston | 12:20 / 02.09.2018
90523
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga yozilgan ehson tadbirida ishtirok etdi

Bugun, 2 sentabr kuni O‘zbekistonda mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimovni xotirlash kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gul qo‘ydi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Bugun shuningdek, poytaxtdagi «Navro‘z» marosimlar uyida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab ehson dasturxoni yozildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Qur'on tilovat qilindi.

Tadbirda Respublika vazirlik va idoralar, keng jamoatchilik hamda yurtimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etgan.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid