Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident haykali poyiga gul qo‘ydi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
«Bu Shavkat Mirziyoyevning o‘z ustozi, mustaqilligimiz asoschisi bo‘lgan Islom Karimovga yuksak hurmatining yana bir ifodasi bo‘ldi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2 sentabr Xotira kuni etib belgilangan. Bu kuni Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini yod etish yaxshi an'anaga aylangan.
Gul qo‘yish marosimida parlament va hukumat a'zolari, fan va madaniyat namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Birinchi Prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.
Mavzuga oid
13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
13:30 / 02.09.2024
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
20:03 / 26.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, qurilish ishlari bilan tanishdi
22:12 / 14.02.2024