Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda IShID bo‘linmasi yetakchisi yo‘q qilindi
Afg‘onistonda AQSh kuchlari zarbasi natijasida IShID terrorchilik guruhi bo‘linmasining yetakchisi yo‘q qilindi. Bu haqda NATOning «Qat'iy qo‘llab-quvvatlov» missiyasi veb-saytida xabar qilingan.
«AQSh kuchlari IShID guruhi bo‘linmasining yetakchisiga qarshi zarba berdi. Bu 25 avgust kuni sodir bo‘ldi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, zarba Nangarxar viloyatida amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, hujum natijasida guruh yetakchisi o‘ldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyati hududida harakatlanuvchi IShID jangarilari guruhi yetakchilaridan biri Abu Saad Erhabiy aviatsiya zarbasi orqali yo‘q qilingandi.
Maxsus xizmatdagi manbalar ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar qo‘mondoni yonidagi o‘n nafar jangari bilan birga o‘ldirilgan. Jangarilar mahalliy va xorijiy kuchlar ishtirokidagi amaliyot vositasida yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026