Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya mudofaa vaziri Afg‘onistondan IShID terrorchilari tahdidi haqida ma'lum qildi
Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyaga Afg‘onistondan IShID guruhi terrorchilari tahdid solmoqda. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda faoliyat yurituvchi terrorchilik guruhlari Yevropada «hujumga o‘tish uchun salohiyatga ega».
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, bu guruhlar butun Yevropadagi hammaslaklari bilan aloqadordir.
Uilyamsonning ta'kidlashicha, Britaniya bu guruhlarning hujumlarini oldini olish uchun harakat qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Suriyada kim IShID o‘rnini egallashini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026