Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriyada kim IShID o‘rnini egallashini ma'lum qildi
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya so‘zlariga ko‘ra, Suriyada IShID guruhi terrorchilarining o‘rniga «Al-Qoida» jangarilari kelishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Bunday bayonot doimiy vakili tomonidan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida berildi.
«Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, aynan «Al-Qoida» va uning ittifoqchilariga IShID mag‘lubiyatga uchragani sari Suriyadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga qarshi tashabbus o‘tishi mumkin», - deydi Nebenzya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID faolligining pasayishi «Al-Qoida» jangarilariga yanada faolroq bo‘lishga imkon berdi. Nebenzyaning bildirishicha, har oyda guruh 20-40 mln dollar atrofida moliyalashtirish oladi.
Doimiy vakilning xulosa qilishicha, terrorchilik guruhlarini faqat «chinakam jamoaviy asosda tugatish» mumkin degan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning maslahatchisi Suriya masalasida Rossiyaga bosim o‘tkazish usuli haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026