08:28 / 03.09.2018
13047

Kreml Rossiya, Turkiya va Eron sammitining mavzulari haqida ma'lum qildi

Foto: globallookpress.com

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma'lum qilishicha, Tehron sammitida Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari Suriyadagi kimyoviy quroldan foydalanish bo‘yicha provokatsiyalarni muhokama qiladilar. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda rahbarlar Suriya masalasiga yechim topishning barcha tomonlarini muhokama qilish niyatida.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya, Turkiya va Eron o‘rtasidagi sammitga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqlagandi.

Shuningdek, u uch tomonlama uchrashuv Tehronda o‘tkazilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an S-400 bo‘yicha qarordan qaytmasligini bildirgandi

Top