Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tojikistonning yo‘lovchi va yuk poyezdlariga imtiyozlar taqdim etdi
Foto: mintrans.tj
O‘zbekiston avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Tojikiston yo‘lovchi va yuk poyezdlariga imtiyozlar taqdim etmoqda. Bu haqda Avesta.Tj Tojikiston Transport vazirligi matbuot markaziga tayanib xabar berdi.
Xususan, joriy yilning 1 avgustidan boshlab O‘zbekiston tomoni Termiz, Qarshi va Samarqand temir yo‘l stansiyalarida Tojikiston poyezdlariga yo‘lovchilarni chiqarish va qabul qilib olishga ruxsat berdi.
Shuningdek, ko‘rsatilgan temir yo‘l stansiyalarida Tojikistondan kelayotgan yo‘lovchi poyezdlari uchun chiptalar sotib olish mumkin.
Tojikistonning uzoq masofalarga harakatlanuvchi poyezdlariga - Dushanbe-Moskva-Dushanbe, Ko‘lob-Moskva-Ko‘lob va Xo‘jand-Moskva-Xo‘jand yo‘nalishidagi poyezdlarga O‘zbekiston hududida chipta sotib olmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilarga imtiyozlar taqdim etilmoqda.
Xususan, ko‘rsatilgan poyezdlarga oldindan chipta sotib olgan yo‘lovchilarga chipta xarid qilingan muddatga qarab 25%, 20% va 10% chegirmalar beriladi.
Shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» temir yo‘l kompaniyasi 2018 yilning 15 avgustidan joriy yilning 31 dekabrigacha Keles-Quduqli, Quduqli-Keles, Quduqli-Qoraqalpog‘iston, Amuzang-Keles va Amuzang-Qoraqalpog‘iston temir yo‘l uchastkalari orqali barcha tranzit temir yo‘l yuklarini tashish uchun chegirmalar beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston O‘zbekiston tufayli elektr energiyasi eksporti rejasini ortig‘i bilan bajargani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:30 / 19.01.2026
Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:57 / 23.12.2025
Deutsche Bahn'da kechikish rekordi: punktuallik 59 foizga tushdi
11:03 / 17.12.2025