19:40 / 04.09.2018
3530

«Hayot sifatini yaxshilash uchun sun'iy idrok». LG katta yangilik tayyorlamoqda

Foto: LG

LG Electronics (LG) bosh ijrochi direktori Jo Seong-jin (Jo Seong-jin) IFA 2018 ko‘rgazmasining ochilishidagi qo‘shma chiqishda kompaniya prezidenti va texnik direktori I.P. Park (I.P Park) bilan sun'iy idrok yangi davri tug‘ilishining strategik yo‘nalishini taqdim etdi.

Kompaniya tarixida ilk marotaba LG rahbarlari «Aql-idrok bilan fikr yuritish. Erkin bo‘lish: sun'iy idrok bilan yanada erkin yashash» mavzusida yirik xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar oldida nutq so‘zlashdi. Sohaning 1000dan ortiq yuqori martabali vakillari, nufuzli shaxslar va jurnalistlar LG kompaniyasining sun'iy idrokni rivojlantirish konsepsiyasi haqida bilish uchun Berlinda to‘plandi.

Foto: LG

IFA ko‘rgazmasining ochilishida LG chiqishi - kompaniya uchun muhim voqea bo‘lib, u kompaniyaning sun'iy idrok texnologiyasini rivojlantirishda Yevropadagi maishiy elektronika bo‘yicha eng yirik ko‘rgazmada jahon tomonidan tan olinishiga dalildir.

Joriy yilda LG ThinQ brendining ishga tushirilishidan so‘ng, LG’ning asosiy e'tibori «ochiq platforma, ochiq sheriklik va ochiq hamkorlik» strategiyasi asosida ishlab chiqilgan, maxsus joylashtirilgan kuchli sun'iy idrok bilan muvaffaqiyatli ekotizim natijalarini namoyon etishga qaratilgan.

Foto: LG

Birinchi ma'ruzani bosh ijrochi direktor, LG’dagi ishga 42 yil bag‘ishlangan Jo taqdim etdi. U har kun uchun yanada erkin va «aqlli» yechimlarning mavjudligini oshirish orqali kompaniyaning iste'molchilar hayoti sifatini yaxshilashga bo‘lgan asosiy xohishini ta'kidladi. U sifatli yangi hayot uchun yangi imkoniyatlar kashf etishning siri - bu sun'iy idrok sohasidagi yutuqlar ekanligiga qat'iy ishonch bildirdi.

«Sun'iy idrok chegara hisoblar, katta ma'lumotlar va 5G’ga yanada sifatli ulanish imkoniyati bilan uyg‘unlikda hayotning har bir tomonini bir-biriga mukammal bog‘lashi mumkin. Sizning uyingiz kuningiz qanday o‘tganini biladi va eshik oldida salom yozuvi bo‘lgan gilamchani joylashtirib, kelishingizga ideal muhit yaratadi», - deya ma'lum qildi janob Jo.

Foto: LG

Ma'ruzani texnik direktor Park davom ettirib, sun'iy idrokning uch jihatida haqida gapirdi: rivojlanish qobiliyati, integratsiya va ochiqlik. Shundan so‘ng doktor Park sun'iy idrokning bu uch jihati sun'iy idrok nafaqat innovatsiya uchun shunchaki innovatsiya, balki hayot sifatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan innovatsiya ekaniga doir asosiy g‘oyaga asoslanib, hayot sifatini qanday yaxshilashini tushuntirdi.

Doktor Parkning fikricha, sun'iy idrokning rivojlanish qobiliyati foydalanuvchilar bilan doimiy ravishda o‘sib borayotgan o‘zaro aloqalarga asoslangan bo‘lishi kerak. U sun'iy idrok bazaviy texnologiyasini ishlab chiqishda LG tomonidan qo‘llangan usul haqida gapirib berdi: avvaliga, kompaniya nutqni, tasvirlarni farqlash, biometrik aniqlash va chuqur ta'lim algoritmlariga e'tibor qaratdi; shundan so‘ng an'anaviy makon-vaqt cheklovlarini yengishga muvaffaq bo‘lgan LG mahsulotlarining turli xildagi portfeli orqali moslashish foydalari; va nihoyat, LG robot-changyutkichi misolida yaxshilangan takomillashganlikning cheksiz salohiyati. Yakunda u sun'iy idrokning ochiq ekotizimi ahamiyati haqida gapirib, LG webOS intuitiv operatsion tizimini tilga oldi.

Foto: LG

Shuningdek, ochilishda sun'iy idrok sohasida jahondagi yetakchi ekspertlar chiqish qildi. Bular: mashhur tadqiqotchi doktor Endryu Ng (Andrew Ng), Open Connectivity fondi raisi Metyu Perri (Matthew Perry), HERE geolokatsion texnologiyalar sohasidagi kompaniya texnik direktori Peter Kyurpik (Peter Kürpick) va olib yuriluvchi robotlar bilan shug‘ullanuvchi SG Robotics startapi bosh ijrochi direktori Kong Kyun-chul (Kong Kyoung-chul). Barcha mehmonlar yakdillik bilan LG’ning sun'iy idrok kelajagi haqidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatladilar.

Messe Berlin Group vitse-prezidenti va IFA ijrochi direktori Yyens Xeyteker (Jens Heithecker) nutq so‘zlaganlarga hisobot uchun minnatdorlik bildirdi: «Biz ko‘rgazma sun'iy idrokni rivojlantirish konsepsiyasi haqidagi LG’ning chiqishi bilan ochilganidan xursandmiz, u maishiy elektronika sohasidagi eng so‘nggi texnologiyalarga bag‘ishlandi. O‘ylashimcha, mehmonlar LG’ning markazida foydalanuvchi bo‘lgan falsafaga asoslangan texnologiyalariga samimiy qiziqishga ega. Umid qilamanki, barcha mehmonlarda LG stendiga tashrif buyurish imkoniyati bo‘ladi».

Foto: LG

LG LG ThinQ zonalaridagi o‘z stendida eng yangi sun'iy idrok texnologiyalari bilan jihozlangan maishiy elektronika va robotlar modeli keng qatorini taqdim etadi. Ushbu taqdimot, xuddi IFA ko‘rgazmasining ochilishi kabi, sun'iy idrok sohasida dunyodagi yetakchi sifatida kompaniyaning pozitsiyasini mustahkamlaydi.

Reklama huquqi asosida

Top