Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya ichki ishlar vaziri Germaniya kanslerini tanqid qildi
Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Salvini Germaniya kansleri Angela Merkelni migratsiya siyosatida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yganlikda aybladi. Avvalroq Merkel Vengriya bosh vazirini “insoniylik yo‘qligida” ayblagandi.
Salvini DW nashriga bergan intervyusida Merkel “Germaniyada yuz minglab muhojirlarga joy borligini ta'kidlab, ijtimoiy ixtiloflar xavfini yetarlicha baholay olmaganligini” ta'kidlab o‘tdi.
Salvini muhojirlarning har qanday kelishiga chek qo‘ymoqchiligini qo‘shimcha qilgan.
U Germaniyaning Xemnits shahrida 35 yoshli germaniyalik fuqaroning muhojirlar bilan janjaldan keyin o‘ldirilganidan so‘ng boshlangan tartibsizliklarga izoh berib, muhojirlar bilan bog‘liq boshqa ko‘ngilsiz voqealarni eslab o‘tgan.
“Biroq Germaniya hukumati bir necha yil davomida bu muammoni yetarlicha baholay olmagan”, deb qo‘shimcha qilgan Salvini.
Salvinining aytishicha, tartibsizliklar nemislarning Berlinning muhojirlarni qabul qilish siyosatiga javobi bo‘lgan.
Avvalroq Italiya muhojirlarni taqsimlash muammosi hal qilinmasa, keyingi yildan Yevropa Ittifoqi byudjyetiga badallar to‘lamasligini aytgandi.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026