Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Mader Deri Sanayi ve Ticaret kompaniyasi O‘zbekistonda sumka va aksessuarlar ishlab chiqarishni boshlaydi
«O‘zcharmsanoat» assotsiatsiyasi tayyor teri mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha 5ta investitsion loyihaga qo‘l urmoqda va ulardan biri Turkiyaning Mader Deri Sanayi ve Ticaret kompaniyasi bilan amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan Jizzaxdagi Xalqaro investitsiya forumi doirasida «O‘zcharmsanoat» assotsiatsiyasi Turkiyaning Mader Deri Sanayi ve Ticaret kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, turkiyalik mutaxassislar tayyor teri mahsulotlari, jumladan ayollar va erkaklar sumkasi, aksessuarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Shuningdek, katta hajmdagi gazobeton mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Hindistonning Agio Group, Turkiyaning Ercanlar Matbaacilik Ambalaj Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi va nemislarning Wehrhahn GMBH kompaniyalari kuchlarini birlashtirishga kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, forum yakuniga ko‘ra, umumiy qiymati 800 million dollarga teng shartnoma va memorandumlar imzolangan.
Mavzuga oid
17:35 / 15.07.2026
Islomiy investitsiya – u nima? Har bir inson investor bo‘la oladimi?
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:57 / 14.07.2026