Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA maktablarida qizlar va o‘g‘il bolalar uchun qo‘shma ta'lim joriy etila boshlandi
Birlashgan Arab Amirliklari hukumati mamlakat tarixida ilk marotaba davlat maktablarida o‘g‘il bolalar va qizlarga umumiy ta'lim berishni boshladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, joriy o‘quv yilidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida o‘g‘il bolalar va qizlar birinchi marta birga ta'lim olish 5-6 yoshdan boshlanadigan birinchi sinfga borishgan. BAAdagi xususiy maktablarda o‘g‘il-qizlarning birgalikda ta'lim olishi keng tarqalgan, ammo bu davlat maktablari uchun yangilikdir.
Rasmiylarning umid qilishicha, bu qadam o‘g‘il bolalarning o‘zlashtirish darajasini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, kelajakda erkaklar bilan birgalikda professional faoliyat olib borish uchun qizlarni tayyorlaydi.
«Ushbu o‘zgarishlar kelajakda, o‘quvchilar katta hayotga qadam qo‘yishganida ijobiy ta'sir ko‘rsatadi», - deya ma'lum qildi Birlashgan Arab Amirliklari Ta'lim vazirligining vakili Amina al-Majid.
Mavzuga oid
09:45
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
14:31 / 22.05.2026