Sport | 22:51 / 05.09.2018
11030
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» yangi innovatsion libosni taqdim qildi - unda mikrochip bor

«Chelsi» klubi 2018/19 mavsumi uchun mo‘ljallangan uchinchi to‘plam libosini taqdim qildi. U och-havorangda, ko‘krak qismida kulrang hoshiyali dizaynda ishlangan.

Klub logotipi va homiy nomi yorug‘lik qaytaradigan bo‘yoqlarda yozilgan. Libosga NikeConnect texnologiyasi asosida mikrochip o‘rnatilgan. Uning yordamida smartfon orqali klub magaziniga kirish va jamoa o‘yinlarining videolavhasini tomosha qilish mumkin. Ko‘krak qismidagi kulrang hoshiyalar orqali London shahridagi Chelsi tumani xaritasi chizilgan.

Innovatsion libosning narxi 100 yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid