Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobuldagi navbatdagi portlashlar 20 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri g‘arbida sodir etilgan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligiga asoslangan holda 1TV xabar tarqatdi. Shuningdek, portlashlar oqibatida jarohatlanganlar soni 70 nafardan oshgan.
Bundan avvalgi xabarlarda ikki portlash oqibatida jami 18 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.
Birinchi portlash Kobul g‘arbidagi oltinchi kvartalda, yakkakurash musobaqasi o‘tkazilayotgan klub yaqinida sodir etilgan. Bu yerda xudkush terrorchi porlovchi moddani harakatga keltirgan. Ikkinchi portlash esa birinchi nuqtadan uzoq bo‘lmagan hududda ro‘y bergan. Tolo News xabariga ko‘ra, ikkinchi portlash nishoni birinchi portlashdan keyin voqea joyiga yo‘l olgan politsiyachilar bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
21:43 / 16.02.2026
Rossiyada «Krokus» terakti ishi bo‘yicha 15 nafar sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi so‘raldi
16:09 / 06.02.2026