O‘zbekiston | 07:37 / 05.09.2018
12747
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirligida yangi lavozim tayinlovi yuz berdi

Foto: TIV axborot xizmati

TIVning Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Otabek Ismoilov TIVning Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

O.Ismoilov bunga qadar ushbu boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIV tizimida yangi lavozim tayinlovi yuz bergandi.

TIVning Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i etib Aziz Masutov tayinlangan. 

Mavzuga oid