Jahon | 08:27 / 05.09.2018
8204
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning Asadni o‘ldirish haqidagi buyrug‘i bo‘lmagani ma'lum qilindi 

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya prezidenti Bashar Asadni yo‘q qilish imkoniyatini hech qachon muhokama qilmagan. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma'lum qildi.    

“Men prezident Asadni o‘ldirish imkoniyatini muhokama qilganini biror marta eshitmaganman”, deb aytgan Xeyli Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanda va AQSh rahbariyati Suriya mavzusini muhokama qiladigan barcha uchrashuvlarda ishtirok etishini qo‘shimcha qilgan. 

Xeyli The Washington Post nashri jurnalisti Bob Vudvard o‘z kitobida Tramp AQSh fikricha Damashq 2017 aprelda amalga oshirgan kimyoviy hujumdan keyin Pentagon rahbari Jyeyms Metttisga Asadni yo‘q qilish rejasini tuzishni buyurgani haqidagi so‘zlariga shu tariqa javob berdi. Jurnalist ma'lumotlariga ko‘ra, Mettis dastlab bu masala bo‘yicha ishlashga rozi bo‘lgan, keyin esa bu ishni qilishdan bosh tortgan.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid