O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro savdo aylanmasini 500 mln dollargacha yetkazmoqchi
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati rahbari Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Qirg‘izistonga safar uyushtirdi.
Safar davomida delegatsiya a'zolari Qirg‘iziston parlamenti – Jogorku Kenesh spikeri Dostonbek Jumabekov bilan uchrashishdi.
Senat matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar do‘stona munosabatlarni, jumladan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlarining siyosiy irodasi evaziga ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanayotgani va mustahkamlanayotgani ta'kidlab o‘tilgan.
Uchrashuv yakunlangach tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarning yaxshi qo‘shnichilik asosida izchil davom ettirilishi va rivojlanishiga umid bildirishgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdo aylanmasi hajmi 88 foizga oshib, 215,7 mln dollargacha yetgan. Ayni vaqtda bu ko‘rsatkichni yaqin istiqbolda 500 mln dollargacha yetkazish bo‘yicha katta ko‘lamli ish olib borilmoqda.
O‘zbekistonda ta'lim qirg‘iz tilida olib boriluvchi 90 ta maktabda 7,5 ming o‘g‘il-qiz tahsil oladi. O‘zbekistonda qirg‘iz tili va madaniyatini, Qirg‘izistonda esa o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024