O‘zbekistonlik quruvchilarning Moskva viloyatida zaharlanishlari sababi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekistonlik quruvchilar Moskva viloyatining Kotelniki shahrida oshxonalarning holati yomonligi sababli zaharlanishgan, deb xabar berdi RIA Novosti Rospotrebnadzor matbuot xizmatiga tayanib.
Avvalroq Kotelniki shahrida 26 kishi ovqatlangandan so‘ng zaharlangani, bir kishi vafot etgani va 23 kishi kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Zaharlanganlarning barchasi o‘zbekistonlik quruvchilar bo‘lgan.
Rospotrebnadzorning Moskva bo‘yicha boshqarmasi tekshiruv o‘tkazib, qurilish maydonlaridagi oshxonalar va taom tayyorlash uchun ishlatilgan mahsulotlar tayyorlanadigan ishlab chiqarish sexlarida sanitariya holati talabga javob bermasligini aniqladi. Xususan, mahsulotlar namunalarida salmonellalar topilgan. Kiyimlarda, xodimlarning qo‘llari, toza idishlar va jihozlarda stafilokokk va ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalari borligi aniqlangan.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, tuman sudlarining qarori bilan 4 avgust kuni ishchilar yotoqxonasi faoliyati to‘xtatilgan.
O‘zbekistonlik ishchilarning ommaviy ravishda zaharlanishi haqidagi ma'lumot va epidemiologik tekshiruv natijalari jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun tergov organlariga jo‘natilgan.
Mavzuga oid
17:12 / 22.10.2024
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi zaharlanishdan halok bo‘ldi
14:30 / 24.09.2024
Krasnoyarsk o‘lkasida to‘rt bola zaharlanishdan vafot etdi
17:06 / 23.09.2024
Olmaliqdagi maktabda 12 o‘quvchi suvdan zaharlangani aytilyapti. O‘zsuvta’minot buni rad etdi
10:57 / 19.06.2024