Yaponiyada yuz bergan tayfun 50dan ortiq Ferrari’ni yaroqsiz holga keltirdi

«Jyebi» tayfuni Yaponiyaning Rokko orolida joylashgan dilerlik markazidagi 51ta Ferrari avtomobilining suv ostida qolishiga sabab bo‘ldi. Markaz boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, barcha superkarlar utilizatsiyaga topshiriladi, chunki dengiz suvi kirgani bois ularning dvigatellarini ta'mirlashning iloji yo‘q.
Ushbu mavsumdagi 21-tayfun bo‘lgan «Jyebi» orolga bir necha kun oldin yetib keldi. Keyingi chorak asrdagi eng kuchli tayfun shamoli soatiga 162 kilometrga yetdi. Sankei nashrining xabar berishicha, ko‘rilgan choralarga qaramasdan, bino ichiga suv kirgan va suv sathi bir metrga yetgan.
Bu vaqtda salonda 53 dona Ferrari avtomobili bo‘lib, ulardan 51tasi butkul suv ostida qolgan. Tayfun oqibatida jami bir milliard iyen zarar yetgan bo‘lib, salon boshlig‘i zararning bir qismini sug‘urta qoplashiga umid qilmoqda.
O‘tgan yilning oktabrida Kanadaning Lengli shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida 30 yil davomida to‘plangan 40ta noyob avtomobil hamda bir nechta qimmatbaho mashinalardan iborat kolleksiya yo‘q bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
Iqtisodiyot | 17:27
-
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20
-
FTB sobiq direktori Trampni o‘ldirishga chaqirganlikda gumonlanmoqda
Jahon | 17:17
-
Rossiyada migrant yigit yonayotgan kvartiradan uch bolani qutqardi
Jahon | 16:50
Mavzuga oid

14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi

15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

16:57 / 03.10.2024
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi

00:31 / 16.09.2024