Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Suriyaga zarba berishga tayyorligini e'lon qildi
Fransiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general Fransua Lekuantr agarda Idlib viloyatida kimyoviy qurol qo‘llaniladigan bo‘lsa, mamlakat armiyasi Suriya bo‘ylab zarba berishga tayyorligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
General fransuz qo‘shinlari jangovar holatda ekanligini va istalgan onda Suriyadagi nishonlarga hujum qilishga tayyorligini bildirdi. Agarda prezident Bashar Asad armiyasi Idlibga hujum qilish chog‘ida kimyoviy quroldan foydalanadigan bo‘lsa, hujum amalga oshirilishi mumkin.
Lekuantrning baholashicha, «Islom davlati»ning so‘nggi kuchlari Suriyada ham, Iroqda ham noyabr oxiriga borib yakson qilinadi.
4 sentabr kuni Rossiya HHK Idlibda yirik miqyosdagi bombardimonni amalga oshirdi. Rossiya mudofaa vazirligining bildirishicha, nuqtali zarbalar yordamida jangarilarning uchuvchisiz uchar qurilmalar yig‘uvchi sexi va portlovchi moddalar ombori yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:33 / 02.06.2026