Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Bashar Asadni yo‘q qilishga buyruq bergani haqidagi xabarni rad etdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya prezidenti Bashar Asadni yo‘q qilish imkoniyatini muhokama qilmaganini ma'lum qildi.
Washington Post nashrining taniqli jurnalisti Bob Vudvordning yangi “Qo‘rquv: Tramp Oq uyda” kitobida Tramp ma'muriyatidagi ziddiyatlar haqida bayon qilingan. Unda jumladan, 2017 yil aprelda Suriyadagi kimyoviy hujumdan keyin Tramp Pentagon rahbari Jyeyms Mettisga qo‘ng‘iroq qilib, AQSh Asad va boshqalarni yo‘q qilishi lozimligini aytgan. Biroq Mettis oliy bosh qo‘mondon Trampning buyrug‘ini bajarmay, “Biz bundan hech nima qilmaymiz. Biz o‘ylab ish qilamiz”, deb aytgan.
Tramp jurnalistlarning bu haqdagi savoliga “Hech qachon muhokama qilinmagan” deb javob qilgan. Bundan tashqari, Tramp yuqoridagi kitobni “uydirma” deb atab, Asadni o‘ldirish masalasi “hech qachon ko‘tarilmaganini” qo‘shimcha qilgan.