Jahon | 20:55 / 07.09.2018
18488
2 daqiqa o‘qiladi

Eng boy xitoylik ishidan ketishini aytdi 

Foto: Bobby Yip / Reuters

Eng boy xitoylik Jyek Ma Alibaba kompaniyasi rahbari lavozimidan ketishga tayyorlanayotganini hamda bundan keyin nima bilan shug‘ullanishini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Maning aytishicha, u borgan sari ko‘proq vaqtini xayriya ishlari va saxovatpeshalikka ajratmoqda. Tadbirkor 2014 yilda Xitoyda asosan ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan jamg‘armani tashkil qilgan.

“O‘ylashimcha, men yaqinda ta'lim berishga qaytaman. Bu men Alibaba rahbari bo‘lishdan yaxshiroq qila oladigan ishdir”, deb aytgan Ma. U 1999 yilda Alibaba tashkil etilgungacha, ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

Ma kompaniyani qachon tark etishi haqidagi savolga oydinlik kiritmagan. “Siz buni tez orada bilib olasiz. Men Jack Ma Foundation’ni tayyorlaganman. Bu ishlar ustida 10 yil ish olib bordim”, deb aytgan milliarder.

Jyek Ma Alibaba Group kompaniyasi asoschisi va rahbari bo‘lib, uning boyligi 39,6 mlrd dollarni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid