Jahon | 14:05 / 07.09.2018
6987
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada xalqaro jinoiy guruh yetakchisi qo‘lga olindi

Foto: REUTERS

Meksikaning Jinoiy tergovlar agentligi xodimlari mamlakat hududida “Los-Masos” xalqaro jinoiy guruhi yetakchisi hisoblangan va Interpol liniyasi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan Donovan Aguayo Romeroni qo‘lga olishdi. Bu haqda Meksika bosh prokuraturasi ma'lum qildi.

Romero Tekamak munitsipalitetida qo‘lga olingan. U bosqinchiliklar sodir etish va sog‘liqqa jiddiy ziyon yetkazish jinoyatlarini sodir etishda ayblanmoqda.

Milenio nashrining ma'lum qilishicha, 2010 yilda tuzilgan “Los-Masos” to‘dasi zargarlik do‘konlariga hujum qilish bilan shug‘ullangan. To‘da a'zolari Meksikadan tashqari boshqa davlatlar, jumladan Kanada, Kosta-Rika, AQSh, Urugvay va Fransiyada jinoyatlar sodir etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid