Jahon | 23:57 / 07.09.2018
6168
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Xitoyga yangi bojlar kiritish bilan tahdid qildi

Foto: AFP 2018 / Johannes Eisele

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga yangi bojlar kiritish bilan tahdid qildi. Trampning aytishicha, qo‘shimcha choralar tez orada qo‘llanishi mumkin. 

“Men Xitoy bilan qattiqqo‘l bo‘laman, chunki shunday bo‘lishim lozim. Biz texnologiyalar sohasida 50 mlrd dollarga boj kiritdik. Endi yana 200 mlrd dollarni qo‘shdik. Gapirish yoqimsiz, biroq agar istasam yana 267 mlrd dollarga bojlar kiritishga tayyorman”, deb aytgan Tramp.  

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Pekinda bunga javoban kuchli “qurol” – AQShning 1,2 trln dollarlik davlat obligatsiyalari paketi mavjud. Agar Xitoy ularni sotishni boshlasa, Oq uy byudjyetni barqarorlashtirish uchun mablag‘lar qarzga ololmaydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid