O‘zbekiston | 13:23 / 08.09.2018
27992
2 daqiqa o‘qiladi

9 sentabr kuni Toshkentdagi qator ko‘chalar avtoharakat uchun vaqtinchalik yopiladi

2018 yilning 9 sentabr kuni Yoshlar ittifoqi tomonidan Mustaqillikning 27 yilligi munosabati bilan «Mustaqillik marafoni» tashkillashtiriladi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, marafon Yakkasaroy tumani Glinka ko‘chasidan boshlanadi va Nukus, A. Qodiriy, Abay, Olmazor, I. Karimov ko‘chalari orqali o‘tib, «Paxtakor» stadionida yakunlanadi.

Marafon davomida ishtirokchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida 9 sentabr kuni 9:00 dan 13:00 gacha quyidagi ko‘chalar avtoharakat uchun vaqtichalik berkitiladi:

Glinka ko‘chasi – Shota Rustaveli ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
Nukus ko‘chasi – A. Qahhor ko‘chasidan A. Qodiriy ko‘chasigacha;
Qodiriy ko‘chasi– Nukus ko‘chasidan Abay ko‘chasigacha;
Abay ko‘chasi – A. Qodiriy ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;
Olmazor ko‘chasi – Abay ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
Islom Karimov ko‘chasi – Olmazor ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha.

“Hurmatli haydovchilar! Sizdan marafon davomida yuqorida qayd etilgan ko‘chalarni chetlab o‘tishni iltimos qilib, vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi IIBB xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid