Jahon | 23:24 / 08.09.2018
27184
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta shamol elektr stansiyasining ko‘rinishi (foto)

Daniyaning Ørsted kompaniyasi Buyuk Britaniya va Irlandiya sohillaridan 19 km uzokliqda dunyodagi eng katta suvda turuvchi shamol elektr stansiyasini ishga tushirdi.    

Walney Extension stansiyasining umumiy maydoni 20 mingta futbol maydoni, ya'ni 145 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Unda balandligi 188 metr va ishlab chiqarish quvvati 659 MVt bo‘lgan 87 ta shamol generatori o‘rnatilgan. Bu esa deyarli 600 mingta uyni elektr energiya bilan ta'minlash imkonini beradi.

Suv sirtida turuvchi shamol elektr stansiyalari sohilda o‘rnatilgan shunday elektr stansiyalardan ancha samaraliroq bo‘lib, qishda 65 foiz quvvat bilan ishlasa, sohildagilari 40 foiz bilan ishlaydi.

Mavzuga oid