Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya AQSh Maxfiy xizmatiga rossiyalik shaxsni topshirdi. U endi 97 yilga qamalishi mumkin
Gruziya Amerika Qo‘shma Shtatlariga hukumat tomonidan hakerlikda gumonlanayotgan rossiyalik Andrey Tyurin ekstraditsiya qildi. Bu haqda AQSh Maxfiy xizmatining matbuot uchun xabarnomasida aytiladi.
«Maxfiy xizmat Federal qidiruv byurosi va AQSh prokuraturasi bilan birgalikda, keng ko‘lamli hakerlik kampaniyasi, jumladan, AQSh moliya muassasalari mijozlari ma'lumotining tarixdagi eng yirik o‘g‘irlanishiga mas'ul bo‘lgan rossiyalik haker ekstraditsiyasi haqida e'lon qiladi», - deya xabar beradi maxsus xizmat.
35 yoshli rossiyalik Gruziya politsiyachilari tomonidan AQSh murojaatiga ko‘ra qo‘lga olingandi. Unga o‘nta band bo‘yicha ayblov qo‘yish mo‘ljallanmoqda, ulardan ba'zilari unga 30 yillik qamoq jazosi berishni nazarda tutadi. Umuman olganda, u 97 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Rossiya razvedkasining «bemalol» harakat qilayotganidan tashvishda ekani aytilgandi.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:11 / 12.06.2026