Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nepalda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Himoloy tog‘larida, Nepalning markaziy qismi ustida Altitude Air kompaniyasi vertolyoti falokatga uchradi. Bu haqda aviakompaniya boshqaruvchi direktori Nim Nur Sherp ma'lum qilgan.
Himalayan Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyot mahalliy vaqt bilan soat 8:18da Nepal poytaxti Katmanduda qo‘nishi kerak bo‘lgan, biroq Dxading hududida radarlardan yo‘qolib qolgan.
Qutqaruvchilar voqea joyida 6 kishining jasadini aniqlashgan, ular orasida vertolyot uchuvchisi, Nepalning 3 fuqarosi va yaponiyalik 68 yoshli alpinist bor.
Bir yo‘lovchi – nepallik ayol omon qolgan, u shifoxonaga yetkazilgan. Ma'lum qilinishicha, yaponiyalik alpinist Nepal tog‘lariga ko‘tarilayotganda gipoksiya (kislorod yetishmasligi) sababli o‘zini yomon qilgan. Shu sababli uni Katmanduga vertolyotda yetkazishga qaror qilingan.
Mavzuga oid
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
20:10 / 07.06.2026
6 kun Everestda yolg‘iz: yo‘qolgan alpinist mo‘jiza tufayli tirik qoldi va o‘zi pastga tushib keldi
22:44 / 23.04.2026
Everestdagi gidlar sayyohlarni zaharlash va firibgarlikda ayblanmoqda
10:16 / 28.03.2026