Sport | 19:26 / 08.09.2018
23174
1 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning qachon avvalgi formasiga qaytishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Marco Luzzani/Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yuqori saviyadagi avvalgi formasini tiklab olish uchun o‘z rejasiga ega.

Tuttosport xabariga ko‘ra, «Oltin to‘p»ning besh karra sohibi yanvar oyida jismoniy holatining cho‘qqisiga chiqishni mo‘ljallamoqda. Ronaldu so‘nggi yillarda muvaffaqiyatli tarzda qo‘llab kelayotgan tayyorgarlik sxemasiga qaytgan va mavsumning ikkinchi qismida yuqori saviyada to‘p tepishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu «Yuventus»ga o‘tganidan keyin, 3ta o‘yinda biror marta gol urolmadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid