Jahon | 12:05 / 08.09.2018
8378
2 daqiqa o‘qiladi

Trampga Suriya bo‘yicha muntazam hisobot berishmoqda - Reuters

Foto: Bloomberg

Amerika Qo‘shma Shtatlari Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Jozef Danfordning ma'lum qilishicha, harbiylar Suriyada kimyoviy qurol qo‘llaniladigan bo‘lsa, bunga harbiy javob berish variantlari haqida Amerika yetakchisi Donald Trampga muntazam ravishda hisobot berishmoqda. Bu haqda Reuters xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari Tramp bilan doimiy muloqotda bo‘lib turishibdi. Qayd etilishicha, bu uning AQSh reaksiyasi qanday bo‘lishi mumkinligini tushunishida yordam beradi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh harbiylari Suriya Arab Respublikasi hududida «kimyoviy hujumga»ga javoban harbiy kuchni qo‘llashga oid yakuniy qarorni hali qabul qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IShID terrorchilik guruhi bilan kurash bo‘yicha AQSh boshchiligidagi koalitsiya rossiyalik harbiylarning «tahdidlari»ga javob sifatida Suriyada mashqlarni boshlagani xabar berilgandi.

Mavzuga oid