Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Misr 480 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzoladi
O‘zbekiston va Misr O‘zbekiston-Misr biznes forumi hamda Toshkentdagi kooperatsion birjaning yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 470 million dollar bo‘lgan sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzoladi.
Tadbirlar Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil As-Sisiyning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar sayyohlik, farmatsevtika, elektrotexnika, noyob metallar qazib olish, meva-sabzavotchilik va logistika markazlarini yaratish kabi o‘zaro manfaatli iqtisodiy loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Tashqi savdo vazirligining matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Misr banklari bilan 60 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit bitimlari imzolangan.

Shuningdek, paxta tolasi va mis quvurlarini yetkazib berish uchun 13 mln dollar qiymatidagi eksport shartnomalari imzolandi.
Mavzuga oid
16:55 / 08.07.2026
Tekshiruvlar va noaniqlik soliq yukini og‘irlashtiryapti - ekspertlar
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
08:19 / 29.06.2026