Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Suriya bo‘yicha AQSh, Britaniya va Fransiyaga qo‘shilishi mumkin
Foto: Fabian Bimmer / Reuters
Germaniya Mudofaa vazirligi o‘zining Tornado qiruvchi-bombardimonchilarini Suriya prezidenti Bashar Asad armiyasiga qarshi ishlatish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda Bild manbalarga asosan xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, mahkama rahbari Ursula fon der Lyayyen Suriya Arab Respublikasi hukumati kuchlari kimyoviy qurol ishlatilgan taqdirda, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning ushbu davlat armiyasiga qarata ehtimoliy zarbalarida ishtirok etish masalasini o‘rganib chiqish haqida topshiriq bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IShID terrorchilik guruhi bilan kurash bo‘yicha AQSh boshchiligidagi koalitsiya rossiyalik harbiylarning «tahdidlari»ga javob sifatida Suriyada mashqlarni boshlagani xabar berilgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh 1 sentabr kuni Rossiyadan Suriya janubidagi hududga qo‘shinlarni olib kirish niyati haqidagi ogohlantirish kelib tushgach, mashqlarni o‘tkazish haqida topshiriq bergan.
Mavzuga oid
09:26 / 07.05.2026
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taklif etdi
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
22:54 / 25.04.2026