Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiya harbiy sun'iy yo‘ldoshlaridan ma'lumotlar tutib olinayotganini e'lon qildi
Foto: Global Look Press
Ukrainalik mutaxassislar Rossiya harbiy sun'iy yo‘ldoshlardan ma'lumotlar tutib olishni o‘rganishdi. Bu haqda davlat rahbari Pyotr Poroshenko Vinnitsada yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida ma'lum qildi. Tadbir «Pryamoy» telekanali efiriga uzatilgan.
«Mustaqillik Kuni arafasida bizga, an'anaga ko‘ra, bayramga noxush narsalar taqdim etishga harakat qilishar edi. Jyelobok («LXR» nazoratida - tah.) aholi punkti uchastkasidagi rota bir yarim kilometrlik hujum chizig‘ida artilleriya, yoppasiga o‘t ochish tizimlari, minomyotlarni joylashtirib, frontni yorib o‘tishga urindi», - deya ma'lum qildi u.
Kommunikatsiya va sun'iy yo‘ldoshlar bo‘yicha ixtisoslikka ega mutaxassislar Rossiya harbiy ma'lumotlarini tutib olish uchun barcha ishni qildi, deb ta'kidlab o‘tdi Poroshenko. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, sun'iy yo‘ldosh tasvirlari va razvedka ishi «o‘z vaqtida zaxiralarini olib kelish va dushmanni kutib olish» imkonini berdi. «Ukrainada juda kuchli maktab tashkil etildi», - deya xulosa qilgan davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning Qrimni qaytarib olish imkoniyatlari baholangandi.
Mavzuga oid
11:22 / 22.02.2026
Zelenskiy: AQSh va Rossiya urushni to‘xtatish uchun bir xil talab qo‘ymoqda
16:18 / 21.02.2026
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
15:22 / 21.02.2026
Yevropa Ukraina yordamida dronlarga qarshi arzon himoya tizimini yaratadi
15:16 / 21.02.2026