Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yana Xalqaro jinoiy sudga tahdid qildi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar hozirda Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar jinoyatini tergov qilayotgan Xalqaro jinoiy sudga (XJS) qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin. Maslahatchining so‘zlari Reuters tomonidan keltirilgan.
Bolton ushbu bayonot bilan «Federalistlar jamiyati» Amerika konservativ siyosiy guruhi oldida nutq so‘zlab, chiqish qildi.
«Qo‘shma Shtatlar bizning fuqarolarimiz va ittifoqchilarimizni ushbu noqonuniy sudning nohaq jinoiy ta'qibidan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘radi», - dedi Bolton.
Maslahatchining qo‘shimcha qilishicha, gap Xalqaro jinoiy sud sudyalariga Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurish, shuningdek, ularning Qo‘shma Shtatlardagi aktivlariga sanksiyalar joriy etish haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
«Biz XJS bilan hamkorlik qilmaymiz. Biz XJSga yordam taqdim etmaymiz. Biz XJSga qo‘shilmaymiz. Biz XJSga o‘z o‘limi bilan o‘lishiga yo‘l qo‘yib beramiz», - deya ma'lum qildi Bolton.
Uning qayd etishicha, tashkilot Amerika tomoni uchun hozir ham «o‘likdir».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xalqaro jinoiy sudga sanksiyalar bilan tahdid qilayotgani xabar berilgandi.
Jon Bolton Vashington Falastin tufayli AQSh yoki Isroilga nisbatan tekshiruvlar boshlangan taqdirda, Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga tayyorlanayotganini bildirgan.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026