Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt fondi qishloq joylarda yo‘llar va suv ta'minoti tarmoqlari qurish uchun 30 mln dollar ajratdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi ishtirokida “Qishloq joylarda namunali loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Hujjatda qayd etilishicha, 2018 yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston va Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi (KAITF) o‘rtasida 9 mln Kuvayt dinori (ekvivalentda 30 mln AQSh dollari) miqdorida 24 yilga zayom kelishuvi imzolangan. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “Qishloq joylarda namunali loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishini o‘z vaqtida yakunlash uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi va uning davlat ekspertizasi o‘tkazildi.
Qarorga ko‘ra, loyihani amalga oshirishning umumiy koordinatsiyasi O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi tomonidan bajariladi. Loyihaning umumiy realizatsiyasi va KAITF mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun mas'ul ijro etuvchi organ - “Qishloq qurilish invest” MChJ.
2018 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida “Qishloq joylarda namunali loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini qurish bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 16 km avtomobil yo‘llari, 20 km suv ta'minoti tarmoqlari;
Qashqadaryo viloyati - 34 km va 61 km;
Samarqand viloyati - 24 km va 43 km;
Surxondaryo viloyati - 21 km va 17 km;
Toshkent viloyati - 23 km va 27 km;
Farg‘ona viloyati - 19 km va 31 km;
Jami - 138 km avtomobil yo‘llari va 198 km suv ta'minoti tarmoqlari.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
09:38 / 07.04.2026