Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida autsorsing joriy etiladi
Sportchi uchun eng muhim jihatlardan biri qat'iy nazorat qilinadigan kaloriyali ovqatlanish ratsioni hisoblanadi. Bugungi kunda aksariyat ta'lim muassasalarida yosh sportchilarimizni ovqatlantirishda ma'nan eskirgan tizimdan foydalanilmoqda. Shu sababli vazirlik tomonidan mazkur jarayonga zamonaviy ilg‘or tajribalarni joriy etish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
2018-2019 o‘quv yili davomida Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy autsorsing xizmati (ishonchli shartnomaviy xizmat ko‘rsatish) yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu hududlardagi tadbirkorlar tanlovlarda ishtirok etib, daromad olishlari mumkin bo‘ladi.
Mazkur hududlarda to‘plangan tajriba va o‘tkazilgan sinovlar natijadorligidan kelib chiqib, autsorsing xizmati kelgusida vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida joriy etiladi.
Mavzuga oid
17:41 / 23.04.2026
Ukrainalik tennischi Nikita Belozersev O‘zbekiston bayrog‘i ostiga o‘tdi
11:53 / 25.02.2026
Farg‘ona bog‘chalaridagi zaharlanish: ta’minotchi korxona hokimlik imtiyozidan foydalangan
15:04 / 31.12.2025
Sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 85 foizga chiqariladi
22:15 / 21.12.2025