2024 yil 25 iyulda Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov qarori bilan Quvasoy şahridagi davlat boğçalarida keytering tizimi joriy etilgandi. Öşanda «Garden Catering Trade»ning ovqat tayyorlaş va yetkazib beriş böyiça takliflari ma’qullangan. Loyiha ijobiy baholangan taqdirda, tizimni Farğona şahrida ham joriy etiş rejalaştirilgan.

Qaror qabul qilinganida ta’minot korxonasi taşkil etilganiga bir oydan biroz köproq vaqt bölgandi.

Viloyat hokimligi 2024 yil 30 iyulda tayyor taomlarni yetkazib beriş tizimi (keytering) sinov tariqasida joriy etilayotganini ma’lum qilgan. 1 avgustdan boşlab «Garden Catering Trade» kompaniyasi tender va tanlovsiz beş oy davomida boğçalarga oziq-ovqat yetkazib beriş huquqini qölga kiritgan.

«Turkiyalik hamkorlar bilan taşkil etilgan Garden Catering qöşma korxonasida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan tavsiya etilgan soğlom ovqatlaniş talablari asosida bolalar uçun belgilangan ratsionda 100 turdan ziyod taomlar, salatlar hamda desertlar tayyorlanişi, korxonaga 12 nafar turkiyalik yuqori malakali şef-oşpazlar hamda 2 nafar soğlom ovqatlaniş böyiça injyener-texnologlar jalb etilgani sinov tajribasi uçun uşbu kompaniyani tanlab olişda asos bölgan», – deyilgandi xabarda.

«Garden Catering Trade» MÇJ avvaliga qöşma korxona şaklida, Iqboljon Bozorov va Yildirim Ademning teng şerikligida ta’sis etilgan. 

Ayni paytda MÇJ qöşma korxona emas va uning 100 foizlik uluşiga Iqboljon Bozorov egalik qiladi.

Keyinroq uşbu korxona kutilganidek Farğona şahridagi boğçalarga ham xizmat körsatişni boşlaydi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining e’tiborsiz qoldirilgan taqdimnomasi

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi 2024 yil iyul oyida Farğona viloyatidagi davlat maktabgaça ta’lim muassasalarida ovqatlanişni taşkil etişda qoidabuzarliklarni aniqlagan. Bu haqda agentlik Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Öşanda Farğona viloyati davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida ovqatlantirişni taşkil etiş holati örganilgan. Örganiş natijalariga köra, Quvasoy va Farğona şaharlarida autsorsing usulida soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş jarayonida davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilik talablariga rioya etilmagani aniqlangan.