UFC jangchisi Makgregorni sudga berdi
Aralash yakkakurashlar bo‘yicha jangchi Maykl Keza Konor Makgregorni sudga berdi, bunga uning Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) avtobusiga hujum qilgani sabab bo‘ldi.
30 yoshli irlandiyalik tashkilotning avtobusiga 2018 yil aprelida hujum qildi. Bu vaqtda transport ichida UFC jangchilari, jumladan, Keza bo‘lgan. 30 yoshli yengil vazn toifasidagi jangchi olgan jarohatlari tufayli musobaqadan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.
TMZ ma'lumotiga ko‘ra, Keza Nyu-York sudiga da'vo arizasi bilan chiqqan. Unda aytilishicha, u hujumdan so‘ng og‘ir ruhiy buzilish holatidan aziyat chekdi. Sportchining fikricha, irlandiyalik tufayli maoshining katta qismidan ajraldi, sababi janglarda qatnashmay qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor UFC chempioni bo‘lgan qizga ruhiy jarohat yetkazgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
02:47 / 22.10.2023
UFC 294. Xamzat Chimayev Kamaru Usmanni mag‘lubiyatga uchratdi, Islam Maxachev 1-raunddayoq Volkanovskini nokautga uchratdi
21:45 / 08.04.2023