Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jangarilar suratga olinadigan fitna "tabiiy" chiqishi uchun Idlibga kimyoviy qurol olib kirishdi – Rossiya mudofaa vazirligi
Jangarilar kimyoviy hujum bilan bog‘liq suratga olish ishlarining "tabiiy" chiqishi uchun Jisr-ash-Shugurga ikkita idishda xlor asosidagi zaharli modda keltirishdi. Bu haqda Suriyadagi urushayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi xabar qildi.
Qayd qilinishicha, ssenariyga ko‘ra, go‘yoki Suriya armiyasi tomonidan zaharli moddali aviabombalar qo‘llanganidan so‘ng "Fuqaro mudofaasi" "faollari"ning shahar ahliga yordam berilishini sahnalashtirish rejalashtirilgan.
— Buning "tabiiy chiqishi" va "oq kaskalilar" tomonidan ertalab zudlik bilan Jisr-ash-Shugur tuprog‘idan namuna olishlari uchun jangarilar tomonidan ikkita idishda xlor asosidagi zaharli modda keltirilgan, — deyiladi xabarda.
Aholining xabar berishicha, Idlibda go‘yoki Suriya hukumat armiyasi tomonidan kimyoviy hujum amalga oshirilishi sahnasini suratga olish boshlangan.
Mavzuga oid
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
12:58 / 22.12.2024
Yangi Suriya qanday bo‘ladi: Idlib ko‘chalaridan qiyos
21:06 / 05.12.2024
Halabni kim va qanday qilib egalladi? Suriya urushidagi asosiy 10 savol
16:09 / 05.12.2024