GM Uzbekistan yangi call-markazi 12 kun ichida qancha qo‘ng‘iroq qabul qilgani aytildi
GM Uzbekistan AJda mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda ular bilan qayta aloqa sifatini oshirish, shuningdek ularning so‘rovlariga tezkor javob berish maqsadida yangi call-markaz yo‘lga qo‘yilgandi.
Xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta'minlash hamda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida kompaniya qo‘ng‘iroqlarni kunlik tarzda o‘rganib, tahlil qilib boradi.
2018 yilning 30 avgustidan 10 sentabriga qadar kompaniya call-markazi tomonidan 4153ta kirish qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Qo‘ng‘iroqlar tahlili aksariyat savollar avtomobil yetkazish muddati va navbatini aniqlashtirish, avtosalonlarda mavjud avtomobillar bo‘yicha ma'lumotlar olish, ariza qoldirish yo‘riqnomasi bilan tanishish, shuningdek kompaniya, zavod rekvizitlari bo‘yicha ma'lumot olish, rasmiy diler va servis markazlari aloqalarini olish bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, Call-markaz xizmatlaridan haftasiga 7 kun 9:00 dan 20:00 gacha 71-141-77-77 raqamlari orqali yoki 71-147-14-14 ishonch telefonlari orqali foydalanish mumkin.
Avvalroq, GM Uzbekistan ayrim avtomobil modellarining yetkazib berish muddatlarini qisqartirgandi.
Mavzuga oid
16:52 / 19.07.2020
«Bugun ham er-xotin shifokor yordamga keldi» – Toshkentdagi kollejda ko‘ngillilar tashkil etgan call-markaz faoliyati haqida
16:30 / 08.11.2019
«Har qanday imtiyoz muddatli bo‘lishi kerak» - Qo‘mita mutasaddisi GM’ga berilgan imtiyozlar haqida
19:00 / 24.09.2019
«O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish – Shavkat Umurzoqov
17:36 / 24.09.2019