Kun.uz muxbiri Toşkent şahar tez tibbiy yordam stansiyasi qoşida yangi taşkil qilingan call-markazi faoliyatini örgandi. Ma'lum bölişiça, bu call-markaz Çilonzor tibbiyot kolleji direktori Husniddin Rahmonov taşabbusi bilan taşkil qilingan va bu yerda faqat köngillilar işlaydi.

Kun.uz muxbiri tibbiyot kolleji direktoriga bu markaz taşkil etilişi fikri qanday paydo bölgani haqidagi savol bilan murojaat qildi.

«Respublikadagi umumiy ahvoldan xabardor edik. «Tez yordam»dagi keçikişlar va xalqning munosabatini kuzatib turganimiz uçun biz şifokorlar ham uyda ötira olmasdan kollej jamoasi bilan Soğliqni saqlaş vazirligiga murojaat qildik.

Hali töğridan töğri borib tibbiy yordam körsatişga huquqiy asosimiz bölmasa-da, lekin call-markazda hozir tibbiyot muassasalarida bevosita işlagan va tajriba orttirgan malakali mutaxassislar yiğilgan», deya ma'lumot berdi kollej direktori.

Husniddin Rahmonov

Uning ta'kidlaşiça, Toşkent şahar «Tez yordam» stansiyasi bir kunda 2 ming çaqiriqni qabul qiliş imkoniga ega. Lekin bugungi kunda çaqiriqlar soni 3 barobar oşgan. Bu körsatkiç oşişi «Tez yordam» maşinalari va mutaxassislarini ham yetkazib berişni imkonsiz qilib qöymoqda. Call-markazdagi malakali mutaxassislar murojaatlarni saralab, haqiqatan yordamga muhtoj, tana harorati kötarilgan bemorlar haqidagi ma'lumotlari «Tez yordam»ga yönaltirmoqda.

«Sall-markazning murojaatlarni saralaşi ham katta ahamiyatga ega bölmoqda. Sababi «Tez yordam»dagilar özlari saralasa, vaqt yöqotilişi mumkin. Bundan taşqari, bizga qönğiroq qilib tibbiy maslahat söraydiganlar ham böladi. Ularga ham javob berib boryapmiz. Dorilarni qanday qabul qiliş kerakligi yoki boşqa biror şikoyati bor bemorlar ham kasalxonalarga joylaşa oladimi yoki yöqligi haqida ma'lumot berib boramiz», deydi mutaxassis.

Husniddin Rahmonov sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Call-markazlarda xodimlar majburiy tarzda işlayotgani haqida ma'lumotlar tarqalayotgani haqidagi savolga munosabat bildirib, bu markazda işlayotgan xodimlar öz xohişi bilan faoliyat yuritayotganini qayd etdi.

«Bu yerda heç kim majbur bölganidan işlayotgani yöq. Buni xodimlarning xatti-harakatlari va faoliyatini kuzatib seziş mumkin. Call-markazdagi şifokorlar hozir öz fuqarolik va kasbiy burçini bajariş uçun mehnat qilişmoqda. Masalan, bugun ertalab er-xotin şifokorlar köngilli tarzda markazda işlaş uçun kelişdi. Ular hatto öz şaxsiy avtomobilida joylarga çiqib bemorlarga yordam körsatiş niyatida», deydi u.