O‘zbekiston | 01:02 / 12.09.2018
35233
2 daqiqa o‘qiladi

IIV markaziy apparatida 8ta tayinlov yuz berdi​

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida rahbarlik lavozim​lariga yangi xodimlar tayinlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha,  vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-xizmat o‘tashni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga​ polkovnik To‘lqinboy​ Jumanov, IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga mayor Farrux Akmalov, IIV Kadrlar bosh boshqarmasi, Tashkiliy-shtat ishlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga​ esa podpolkovnik Azamat Axmedov tayinlandi. 

Shuningdek, IIV Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazi​ (Toshkent shahri) boshlig‘i​​ etib polkovnik Alisher Usmanov tayinlangan. IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i​ sifatida ​podpolkovnik Abror Sabirjanov ish boshlaydi.

“Postda”-“Na postu” gazetalari va “Qalqon”-“SHCHit” jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri lavozimiga​  Bernora​ Sodiqova,  IIV Malaka oshirish institutiga Abdurahmon Pardiyev boshliq etib tayinlandi. Podpolkovnik Sherali Turayev IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori ​sifatida ish boshlaydi.

IIV tizimida davom etayotgan o‘zgarishlar viloyatlar kesimidan so‘ng markaziy apparatga yaqinlashib qolgani ma'lum bo‘lmoqda. Ayni o‘zgarishda katta urg‘u kadrlar bilan ishlaydigan rahbarlarga qaratilgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов

Mavzuga oid