Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 sentabr kuni davlat byudjyetiga tuşumlarni köpaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni töliq bajariş, 9 oy va yil yakuni böyiça belgilangan makroiqtisodiy körsatkiçlarga erişiş, paxta-töqimaçilik sohasida klasterlarni joriy etişni jadallaştiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, takroriy maydonlardan kutilayotgan 607 ming tonna eksportbop mahsulotlar, şuningdek, sentabr-oktabr oylarida issiqxonalarda yetiştiriladigan sabzavot ekinlarini eksport qiliş böyiça çora-tadbirlar belgilangan.

Bozorlarda narxlar oşişiga yöl qömaslik, 501 ming tonnadan ortiq qişloq xöjaligi mahsulotlarini zaxira qiliş va ularni qiş-bahor oylarida xalq talabiga mutanosib ravişda içki bozorlarga çiqariş böyiça körsatmalar berilgan.

Yiğilişda paxta-töqimaçilik klasterlari faoliyatini kengaytiriş masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. 

Joriy yilda 20ta tumanda 164 ming gektar maydonda klaster usulida paxta yetiştiriş yölga qöyilib, bu tajriba dastlabki natijalarini bera boşlagani aytib ötilgan.

Özini oqlayotgan bu tizimni yanada kengaytiriş maqsadida kelib tuşgan takliflar körib çiqilib, işlab çiqariş quvvatlari va moliyaviy imkoniyati mavjud bölgan 44 taşabbuskor tanlab olingan. 2019 yilda 61ta klaster tomonidan jami paxta maydonlarining 51 foizida paxta yetiştiriş rejalaştirilmoqda. 

Kelgusida paxta yetiştiruvçi 133ta tumandan 70tasi töliq klaster tizimiga ötadi. Yangi taşkil etilayotgan klasterlar tomonidan 41ta korxona taşkil etilib, 23 mingga yaqin iş örni yaratiladi.

Yangi quvvatlarni taşkil etiş va klasterlar faoliyatini yölga qöyiş natijasida, 2019 yilda işlab çiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi Özbekistonda qayta işlanadi. Bu 2017 yilga nisbatan 2 marotaba köp degani. 2020 yilga borib, paxta tolasini töliq qayta işlaşga ötiladi. Tayyor mahsulotlarni işlab çiqariş uluşi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkaziladi. 

«Şuning uçun klasterlar faoliyatiga har tomonlama yordam berişimiz zarur. Paxtaçilikda qişloq xöjaligining kelajagi, uning iqtisodiy samaradorligi klasterlar bilan boğliq. Klasterlar agrar sohani jadal rivojlantirişning «lokomotivi» bölişi kerak», degan Şavkat Mirziyoyev.

Joriy yilda paxta-töqimaçilik klasterlariga berilgan barça imtiyozlarni keyingi yillarda taşkil etiladigan klasterlarga ham tatbiq etiş, klasterlar faoliyatini yanada kengaytiriş zarurligi ta'kidlangan.