Jahonning eng yirik moliyaviy markazlari reytingi yangilandi: London birinchilikni boy berdi
Nyu-York shahri dunyoning eng yirik moliyaviy markazlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni Londondan qaytarib oldi. Bu haqda yarim yil ichida bir marta Global Financial Centres Index (GFCI) indikatorini hisoblab chiquvchi Z/Yen Group Ltd moliyaviy konsalting kompaniyasi ma'lumotida keltirilgan.
2015 yilning kuzidan buyon ilk marta ikkinchi o‘ringa tushib ketgan Londondan keyingi o‘rinlarni Hongkong va Singapur shaharlari band etgan. O‘tgan yilgi reytingda oltinchi o‘rinda qayd etilgan Shanxay esa bu safar beshinchi o‘rinni Tokiodan tortib olgan, Sidney 7-pog‘onaga ko‘tarilgan. 8-10 o‘rinlarni Pekin, Tsyurix va Frankfurt shaharlari band etgan. Bu shaharlar Toronto, Boston va San-Frantsiskoni o‘nlikdan siqib chiqarishgan.
Sankt-Peterburg shahri 11 pog‘ona yuqorilab, 80-o‘ringa ko‘tarilgan. Moskva 83-, Riga 87-, Boku 95-o‘rinda joylashgan, Olmaota 2 pog‘ona pastlab, 96-o‘ringa tushgan.
Qayd etish kerakki, Londonning birinchi o‘rinni boy berishi Breksit tufaylidir. 2016 yili o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etishi hal bo‘lgan. Bu jarayon 2019 yilning martida yakunlanishi kutilmoqda.
Moliyaviy markazlar reytingi ilk bor 2007 yilda chop etilgan. U har yarim yilda 3 mingdan ko‘proq professionallar so‘rov qilinishi asosida yangilanib boradi. Joriy reyting 24-sonlisi bo‘ldi. Reytingda 5 guruh ko‘rsatkichlar (jami 102 ta individual omil) hisobga olinadi: biznes-vaziyat, moliya, infratuzilma, inson kapitali va nufuz.
Ro‘yxatni tuzishda umumiy hisobda 100ta shahar ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024
London Ukrainaga qurol sotib olish uchun bir milliardlik yordam va’da qilmoqda
12:40 / 16.10.2024