Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament ilk bor Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatni jazolashga qaror qildi
Yevroparlament Vengriya hukumati tomonidan demokratik institutlar poy-mol qilinishi” va “Stop Soros” qonuni qabul qilinishi sababli ushbu davlatga qarshi jarayonni boshladi. Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar rozi bo‘lsa, Vengriya ovoz berish huquqidan mahrum qilinadi. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar bermoqda.
Yevropa Ittifoqiga a'zo ba'zi davlatlarda Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning siyosati xavotir uyg‘otmoqda.
Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatga nisbatan intizomiy jarayon ilk bor amalga oshirilmoqda. Avval bunday qarorni Yevropa Ittifoqining boshqa uyushmasi – Yevropa komissiyasi Polshaga nisbatan qabul qilgan. Ta'kidlanishicha, intizomiy jarayon YeIga a'zo davlatlar tomonidan blokning “asosiy qadriyatlari” buzilishining oldini olishga qaratilgan.
Vengriya parlamenti tomonidan iyun oxirida qabul qilingan “Stop Soros” qonuni ham Yevropa Ittifoqi tanqidiga sabab bo‘lgan. Qonunda notijorat tashkilotlar tomonidan noqonuniy muhojirlarga yordam berganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. Ushbu qonunning nomi venger millatiga mansub amerikalik milliarder Jorj Soros nomidan olingan bo‘lib, milliarderning “Ochiq jamiyat” jamg‘armasi muhojirlarga yordam ko‘rsatgan.
Vengriya bosh vaziri Yevrokomissiyaning Vengriyadagi siyosat haqidagi dokladini “shantaj qilish” deb atagan.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026
Vengriya ukrain mahsulotlari importini yana taqiqladi
09:03 / 11.05.2026