Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London Skripallarni zaharlashda gumonlanayotganlarning intervyusini tahqirlash deb atadi
GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda gumonlanayotganlarning intervyusi o‘taketgan darajadagi tahqirlashdir. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning vakili ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Ularning davlat homiylik qiladigan OAVga bergan intervyusidagi yolg‘on va uydirma maxsus xizmatlar uchun haqoratdir. Buning ustiga, bu mazkur dahshatli hujum qurbonlari va ularning yaqinlari uchun o‘taketgan darajadagi tahqirlash», — deyiladi xabarda.
Meyning vakili, shuningdek, Britaniya tomoni bundan boshqa narsani kutmaganligini ham bildirdi.
«Politsiya bu ikki erkakning aybdor ekanligini isbotlovchi dalillarni aniq-ravshan taqdim etdi. Ular qidirilmoqda va biz ular agarda hattoki bir oyog‘i bilan Rossiyani tark etganidayoq Britaniya odil sudi oldida bo‘lishlari uchun barcha choralarni ko‘rdik», — dedi u.
13 sentabr kuni London tomonidan Solsberida kimyoviy qurol yordamida hujum qilishda ayblanayotgan rossiyaliklar RT telekanaliga intervyu berishdi. Ular Skripal yashagan Solsberi shahriga do‘stlarining maslahati bilan hamda sayyoh sifatida borishganini ta'kidlashdi.
Britaniya tomoni bu intervyuni yolg‘on va axborot chalkashtirish deb atadi.
5 sentabr kuni Moskva GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda rasman ayblandi. O‘sha kuni Skripalni zaharlashda gumonlanayotganlarning ism-shariflari aytildi. Londonning ma'lumot berishicha, ular Britaniyaga Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov ismlariga olingan pasportlar bilan kirishgan.
Mavzuga oid
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
09:20 / 28.02.2026